Angorda g‘o‘za gulladi

Date:

Paxta yetishtirish bo‘yicha surxondaryoliklarning-da boy tajribasi bor. Ertapishar, hosildor va yuqori sifatli tolaga ega g‘o‘za navlarini yetishtirishning hadisini olgani uchun ham fermer va dehqonlarimiz har yili topshirilgan rejani muddatidan ilgari, ortig‘i bilan bajarib kelishayotir. Bu safar ham ana shunday hushxabarlar daragini bildirib, Angor tumani dalalarida g‘o‘za gulladi.


Ma’lumki, tumanda joriy yil hosili uchun 4730 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Shundan, 2100 gektar maydonga g‘o‘zaning ingichka tolali “Surxon 202” navi ekilgan. Gʻo‘zaning pishish davri 120-130 kunni tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu muddat oralig‘ida mirishkorlar kerakli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarib kelishayotir. Natijaning nishonasi esa dala mehnatkashlarini quvontirmay qolmadi. Yaxshi xabarlarning daragini eshitgan tuman hokimi ham soha mehnatkashlarining mehnatini eʼtirof etib, munosib rag‘batlantirdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun