Qiymati 14 milliard so‘mlik…

Date:

Non rizq-ro‘zimiz. Bu ne’matning iste’molimizga tayyor holatga kelguniga qadar bir qancha mashaqqatli bosqichlardan o‘tadi. Avvaliga bug‘doyni tegirmondan o‘tkazib, un olish jarayoni haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu qachonlardir, vaqt va mehnat talab etardi. Hozir esa katta-katta zavodlarda texnika va texnologiyaning xizmati ila bu yumush anchayin yengillashgani quvonarli hol, albatta. Unni o‘zimizda ishlab chiqarilgani mahalliy aholi uchun birmuncha yengillik tug‘diradi. Narxda ham, boshqa jihatlarda ham.


Ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlarimiz esa biznesdagi mana shunday jihatlarni hisobga olib, o‘z sarmoyasini ayni tizimga tikib daromad ko‘ra boshlagach, adashishmaganiga amin bo‘lishsa, ajab emas. Denov tumani “Nurli manzil” mahallasida “Denov oltin don” MCHJ ham aynan un ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tadbirkor qiymati 14,3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihaning orqasidan yiliga 22 ming tonna donni qayta ishlaydi.
Ushbu un ishlab chiqarish zavodi faoliyatini boshlashi bilan 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Zavodda ishchi-xodimlarning ishlashi uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ular Turkiya davlatidan keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanishadi.
Zavodning ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, donni qayta ishlash va un ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun