MUTAXASSIS OGOHLANTIRADI: “QADOQLANGAN SUV ICHMANG!”

Date:

Kunlar isigan sayin chanqoqbosti ichimliklarga nisbatan ehtiyojimiz va talabimiz kuchayadi. Yo‘lda ketayotib, chanqadikmi maxsus qutilardagi qadoqlangan suvlarni olib yuramiz. Bu esa har jihatdan qulay. Ammo, shuni ham unutmaslik kerakki, mutaxassislar plastik idishlarda qadoqlangan suvdan ko‘ra vodoprovoddagi suvni isteʼmol qilgan maʼqul ko‘rishmoqda va tavsiya qilishmoqda. Shu o‘rinda haqli savol tuo‘iladi, nahotki, bakalajkadagi suv shunchalik zararli bo‘lsa?
Haqiqatan ham qadoqlangan suvning zarari amaliy tajribalarda ko‘p bora tasdiqlangan. Gap bakalajkadagi suvning o‘zida emas. Bu suvda reklamalarda aytiladigandek foydali mikroelementlar bo‘lmasligi mumkin, ammo zarari ham yo‘q. Ular oddiy ichimlik suvining filtrlangan ko‘rinishi bo‘lib, isteʼmolga mutlaqo yaroqli.
Hamma gap esa suv qadoqlangan bakalajka — plastik idishda. Bunday plastik qadoq salomatlik uchun zararli bo‘lgan moddalar, shuningdek, bisfenol-A saqlaydi. Bakalajka issiqlik va yoruo‘lik taʼsiriga tushgach, bu modda ajralib chiqadi, natijada suvni zaharlaydi. Meʼyoriy haroratda bunday jarayon sodir bo‘lmaydi. Ammo, ming afsuski, bizning do‘konlarda aksariyat hollarda suvning saqlanish sharoitiga eʼtibor qaratilmaydi, bakalajkadagi suvlar soatlab oftob tio‘ida, jaziramada qolib ketadi. Bunday suv isteʼmoli esa gipertoniya, bepushtlik, diabet, qalqonsimon bez xastaliklariga olib keladi. Shuning uchun suvni xarid qilishdan avval uning qanday sharoitda saqlanganini erinmay surishtiring. Suvdan bo‘shagan idishni ham qayta ishlatmagan maʼqul, chunki u bo‘shagach, ichiga havo kirib, mikroblar uchun qulay muhit hosil bo‘ladi.

H.Kamolova

Oldingi sahifa“Balli qizlar”da saralandi
Keyingi sahifaE’tirof

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun