Og‘ir toifadagi mahallalar obodonlashtiriladi

Date:

Qay hududga bormaylik o‘zgarish va yangilanishlarga, ulkan obodonlashtirish ishlariga guvoh bo‘lamiz. Xalqimizning har bir vakili obod va ko‘rkam, barcha shart-sharoitlar yaratilgan mahalla va maskanlarda yashashi maqsad qilingan. Yashash xonadonimiz yuzimiz bo‘lgani kabi, mahallalarning obodligi u yerda yashayotgan xalqning turmush tarzidan, hayotidan, hislatlaridan so‘zlab turgandek bo‘ladi. Demak, o‘zimizga, uyimizga va mahallamizga e’tiborli bo‘lishimiz lozim. Qiziriq tumanidagi 31 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 5 tasi og‘ir hududda joylashgan mahallalar sifatida tanlab olingan. Tumanning “Do‘stlik” mahallasidagi o‘yingohda ushbu mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ko‘makka muhtoj aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarida taʼmirlash ishlarini olib borish bo‘yicha tadbirlarga start berildi.
Shu maqsadda mahallalardagi xonadonlarda hashar yo‘li bilan obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Tadbir davomida turar-joylarning fasad qismlarini bo‘yash, ko‘chalarni tozalash, 24 kilometr ichki tuproq yo‘llarni toshlash, 8 kilometr piyodalar yo‘lagi qurish hamda 1 ta bog‘cha va maktabda hojatxona qurish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, ko‘makka muhtoj, ijtimoiy ahvoli og‘ir deb topilgan 10 ta oilaning uy-joylari taʼmirlab beriladi.
Tanlab olingan mahallalarda tuproq yo‘llarni toshlash, ko‘chalarni tozalash, turar-joylarning fasad qismini bo‘yash hamda uy-joylarni taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.


S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun