Sudlarning xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi

Date:

Har bir qaror, har bir kichik islohotlarning zamirida fuqarolarning manfaatlarini, haq-huquqlarini asrashga, ularga teng va keng imkoniyatlar yaratishga harakat qilinsagina demokratik davlat tamoyillari to‘la ta’minlangan bo‘ladi. Albatta, davlatning mansab kursisiga o‘tirgan inson eng avvalo xalqning manfaatini ko‘zlashi, xalq uchun, xalqqa qarab harakat qilishi lozim. Asosiy maqsad esa mustaqillik ne’matlarini asrab-avaylash. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosi natijasida tinch-totuv, to‘kin hayotda yashayotganimiz bugungi dolzarb zamonda har qachongidanda sezilib turibdi. Bu borada inson haq-huquqlarini saqlash, shaxsning manfaatlari uchun xizmat qilishga to‘xtovsiz harakat qilinib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 16-yanvar kunida qabul qilingan PF 11-sonli “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining e’lon qilinganligi ham to‘laligicha yuqoridagi fikrlarni isbotlab turibdi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston — yangi sud tamoyili” doirasida odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab qilmoqda.
Yangi farmonning eng ahamiyatli jihati inson qadrining har qachongidanda yuksaklarga ko‘tarilganidadir. Adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish, fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish kabi maqsad hamda yo‘nalishlar belgilab olingani buning yaqqol isboti hamdir.
Ishning unumdorligi, uning qanchalik darajada tez o‘z yechimini topishi, albatta, zamonaviy texnologiyalardan, sun’iy intellektdan foydalanishni keng joriy etishga bog‘liq. Yangi farmonga binoan sudlar faoliyati to‘la raqamlashtirilib, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sud tizimi borasidagi yangi farmon nafaqat qulaylik, balki, shaffoflik uchun xizmat qilishi, shubhasiz.


A.Melikulov,
Termiz tumanlararo ma’muriy sudi xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun