HUNARI BORNING TASHVISHI YO‘Q

Date:

Bir ish bilan mashg‘ul bo‘lsak ham, bekorchilikdan ham vaqt o‘tadi. Faqatgina vaqtdan unumli foydalanib, naf keltiradigan yumush bilan mashg‘ul insongina behuda yashamagan bo‘ladi. Shu maqsadda angorlik Sevara Doniyorova har bir daqiqasidan to‘g‘ri foydalanishning uddasidan chiqib, atrofdagilarga ibrat bo‘lib kelmoqda.
U yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar orqali ro‘zg‘orini butlayotgan, oilasiga ko‘makdosh bo‘layotgan ishbilarmon yoshlardan. Sevara bekor o‘tirish o‘rniga hunarmandchilik bilan shug‘ullanishni lozim topdi. Onasi va opa-singillari bilan maslahatlashib, birgalikda ayollar uchun to‘n tikishni yo‘lga qo‘ydi. Sevaraning onasi mohir chevar emasmi, qizlariga ham o‘z kasbini o‘rgatib, adashmagan ekan. Ular tikayotgan to‘nlar sifatli tikilgani uchun ham xaridorgir.
To‘n tikish orqasidan daromad ko‘rayotgan Sevara o‘z ishidan mamnun. Ayniqsa, bu ishga qiziqqan qizlar ham shogirdlikka tushish istagini bildirishganida Sevara quvondi. Sidqidildan kasbining sir-asrorini o‘rgatib, 20 nafardan ortiq shogird tayyorladi.


Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun