Harbiylar davrasida

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz garnizonidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda bugungi kunda qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, harbiy xizmatchilar uchun berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, umuman harbiy tizimga oid qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha so‘zlab o‘tdi. Harbiy xizmatchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob ham olishdi.

Uchrashuv nihoyasida harbiy qism kutubxonasi uchun tarixiy shaxslarimizga oid badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
— Bugungi kunda biz harbiy xizmatchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotgani hech kimga sir emas, — deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Xurshidjon Ismoilov. — Birgina bizning harbiy qismda xizmat vazifasini o‘tayotgan 10 nafar xizmatchi o‘tgan yili ipoteka krediti asosida yangi qurilgan zamonaviy uy-joy bilan taʼminlandi. Yana 15 nafar harbiy xizmatchilarimizning farzandlari imtiyozli kvota asosida oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘lishdi.

Aktam Xaitov uchrashuvdan so‘ng, harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu yerda harbiy xizmatchilar uchun autsorsing tizimida ishga tushirilgan oshxona, issitish tizimi bilan taʼminlangan yotoqxona, jismoniy tayyorgarlik mashulotlarini olib borish uchun zamonaviy sport zali va o‘quv xonasi mavjud bo‘lib, madaniy hordiq chiqarishlari uchun ham sharoit yaratilganiga guvoh bo‘lindi. Yana kutubxona, maʼnaviyat burchaklari ham tashkil qilingan bo‘lib, harbiy xizmatchilar u yerda kitob o‘qishlari, harbiy sohaga oid adabiyotlar, jurnal va gazeta mutolaasi bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun