Jasorat unutilmas!

Date:

Vatan muqaddas. Bu tuyg‘uni anglagan borki, uni asrab-avaylashdek sharafli burch uchun xizmatga shay. Yurtimizda esa o‘zbekning har bir o‘g‘loni Vatan tinchligi, sarhadlar daxlsizligi uchun jonini-da berishga tayyor. Yillar davomida yurtimiz boshiga tushgan sinovlarda, tahlikali kunlarda mard o‘g‘lonlarimiz sinashta bo‘ldi, Vatan uchun jonini qalqon qildi. Ularni Vatan, el-u xalq hech qachon unutmaydi. Doimo qalbida, xotirasida saqlab, yod etadi.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov vatan sarhadlarini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan qahramonlarimiz oilalari hamda faxriylar holidan xabar oldi. Termiz tumanidagi yurt tinchligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan serjant Muxiddin Eshtemirov oilasida bo‘ldi.
Viloyat rahbari yurt qahramonining onasi bilan suhbatlashib, ko‘nglini ko‘tarish maqsadida mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonning nomiga iliq fikrlar bildirdi. Ushbu oilaga moddiy yordam, sovg‘alar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Sohibjamol

Oldingi sahifaOila asrab qolindi
Keyingi sahifaHarbiylar davrasida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun