TASHABBUSNING QO‘SH QANOTI BOR

Date:

Mehnatingiz qadrlangan joyda ob-havoning sovug‘ida ham qalbingizda issiqlik bo‘ladi. Ishingizga vijdonan yondashib, yanada yaxshi ishlashga urinasiz. Tashabbusning qo‘sh qanoti ber deb shuni aytishsa kerak-da.
Anomal sovuq. Borliqni oppoq qor qoplab, quruq va sovuq havoda yer muzlagan. Bunday sharoitda mashinada harakatlanish ham, piyoda qandaydir yumush bilan ko‘chaga chiqish ham xavfli. Mana shunday xavf-xatarning oldini olib, ochiqlikda faoliyat olib borish esa oson emas.
Obodonlashtirish boshqarmasida mehnat qilayotgan xodimlar esa tinim bilmay mehnat qilishayotir. Sho‘rchi tumanidagi 4-sektor rahbari tashabbusi bilan xizmatini ayamay mehnat qilayotganlar holidan xabar olindi. Ular uchun katta qozonlarda palov damlanib, issiq ovqat, yegulik va kofe yetkazildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun