Talabalar teatrda…

Date:

Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.
Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sanʼatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Chingiz Aytmatovning “Momo yer” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Voha san’at ahli talqinida asar qahramonlarining jonlanishi, tasavvurlarimizdagi voqealar sahnaga ko‘chganda yanada ta’sirli chiqishini talaba-yoshlar spektaklni kuzatish davomida amin bo‘ldilar. Ming bor o‘qigandan, bir bora ko‘rgan afzalligini anglab yetdilar.

Termiz davlat universitetining tyutorlari va 700 dan ortiq talaba spektaklni qiziqish bilan tomosha qildi. Mana shunday spektakllarning yoshlar hukmiga havola etilishi, ularni o‘ylashga, mushohada qilishga chorlash bilan birga adabiyotga, san’atga oshno etadi. Kitob varaqlashga va yoki yana teatr ostonasidan xatlab, ajoyib sahna asarlarini tomosha qilishga odatantirsa, ajab emas.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun