Ko‘ngilsizliklarning oldi olindi

Date:

Termiz davlat universitetida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar-u talaba-yoshlar yaxshi bilishadi. Universitetga kiraverishdagi katta yo‘l bo‘yida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tish kunning muhim muammosiga aylanishi bor gap. Endi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tay desangiz, katta tezlik bilan kelgan kira qilib yurgan taksilar to‘xtaydi. Yetmaganiga turnaqator terilgan mashinalar katta yo‘ldagi mashinalar qatnoviga, harakatlanishiga qiyinchilik tug‘diradi. Mana shunday vaziyatlarda qanchadan-qancha yo‘l harakati hodisalari sodir bo‘lmagan deysiz.
Nihoyat, Termiz davlat universiteti xodimlari hamda talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida A.Navoiy ko‘chasida joylashgan Termiz davlat universiteti yonida transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishini ta’qiqlovchi belgi o‘rnatildi. Qarabsizki, muammo hal. Haydovchilarning ichki ishlar xodimiga nimalarnidir isbotlashga urinishlari, ko‘plab ko‘ngilsizliklarning oldi olindi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun