IMKONIYAT BISYOR, FIDOYILAR ILG‘OR

Date:

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi vohamiz taraqqiyoti uchun yuksak e’tibor va imkoniyatlar yaratuvchi islohotlar boshlanishi bo‘ldi. Davlat rahbari Surxondaryoni katta salohiyatga ega, mehnatkash va tashabbuskor insonlar yashaydigan hudud sifatida e’tirof etganligi bejiz emas.Prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Surxondaryoda imkoniyat ko‘p, eng muhimi — bu imkoniyatlardan foydalanadigan fidoyi odamlar ham yetarli”, deya ta’kidlaganligi zamirida viloyatimiz ahliga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tiborning samimiy ifodasini ko‘rish mumkin.
Tashrif davomida Prezidentimiz vohada amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyot, ma’naviyat, ijtimoiy soha va ayniqsa, ta’lim, yoshlar va tadbirkorlik sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholab, “Agar bilim va tashabbus bo‘lsa, natija, albatta, bo‘ladi”, deya ishonch bildirdilar. Darhaqiqat, bugun vohada izchil olib borilayotgan islohotlar yurt farovonligi va xalq turmush tarzining yuksalishi uchun xizmat qilayotir.
Janubiy viloyatning strategik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va turizm salohiyati vohani mamlakatning tayanch hududlaridan biriga aylantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sabab ham davlatimiz rahbarining viloyatimiz haqidagi ijobiy fikrlari va aniq topshiriqlari Surxon ahlini yangi marralar sari yanada ruhlantirdi. Shuningdek, Prezidentimiz tashrif davomida yosh avlod ta’lim-tarbiyasini yuksaltirish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash masalasiga alohida e’tibor qaratdilar hamda ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish xususida tashabbusli takliflar berdilar. Ya’ni, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda kasb-hunar va oliy ta’limga bog‘liq loyihalar bilan tanishib, bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
Maktablarda yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv jarayonining sifati, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish masalalari muhokama qilinarkan, ta’lim sifati, avvalo, pedagoglarning bilim va mas’uliyatiga bog‘liqligini ta’kidlab, ularni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekanini qayd etdilar. Shu bilan birga, qishloq joylarida yangi maktablar qurish, mavjud ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy laboratoriya va axborot texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Yoshlarning chet tillarini o‘rganishi, raqamli bilimlarni egallashi va kasbga yo‘naltirilishi masalalariga alohida urg‘u berildi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining
ko‘p qismini yoshlar tashkil etadi. Demak, yoshlar bilan ishlash, ularga ishonch bildirish, istiqbolli kelajagiga alohida e’tibor qaratish ahamiyatga molik mavzu sifatida qayd etildi. Davlatimiz rahbari Jarqo‘rg‘on tumanidagi yoshlarni xorijiy til va axborot texnologiya bo‘yicha o‘qitayotgan xususiy o‘quv markazi bilan yaqindan tanishib, 8 mingdan ziyod yoshlar tahsil olayotgan markaz faoliyati alohida e’tirof etildi. Bu kabi markazlarni yanada rivojlantirish, tadbikorlarning manfaatini himoya qilish hamda kredit olishlariga ko‘maklashish, zamonaviy standartlarni joriy etish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda endi viloyatda O‘quv markazlari uyushmasi tashkil qilinib, bu uyushmaga 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ jalb etiladi. Ushbu mablag‘lar o‘quv markazi tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarning imtiyozli kredit, subsidiya, joy ijarasining kompensatsiyasi uchun yo‘naltiriladi. Bu esa, albatta, hudud hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ladi. Shuningdek, Prezidentimiz 2 ming AQSH dollari miqdorida oylik maosh olayotgan qiziriqlik ustozga: “Siz Surxon ta’limining nuri ekansiz”, deya bergan e’tiroflari barcha surxondaryolik ustozlar uchun yuksak bahodir.
Darvoqe, bilimli va tashab-buskor avlod — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tayanchidir. Shu bois, Surxondaryoda oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, hudud ehtiyojidan kelib
chiqib yangi ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu sabab ham har bir imkoniyatdan oqilona foydalanish zarurligini uqtirib, “Agar biz mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri ishga solsak, Surxondaryo respublikamizning eng jadal rivojlanayotgan hududlaridan biriga aylanadi”, dedilar.
Ushbu tashrif viloyatimizning taraqqiyot yo‘lini yanada mustahkamlab berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday e’tibordan so‘ng qo‘lni qo‘lga berib, bahamjihat ishlasak, Prezidentimiz oldida ham, xalqimiz oldida ham yuzimiz yorug‘ bo‘ladi.

Dilbar Normurodova,
Xalq deputatlari
Termiz shahar
Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun