Arshni larzaga keltirguvchi qarorlaridan qaytishsa…

Date:

Oilalar ajrashishganda arsh larzaga keladi deyishadi. Haqiqatan ham ikkiga bo‘lingan yarim jonlar, ota yoki onasini tanlashda qiynalayotgan norasida go‘daklarning mo‘ltirab boqishlarini ta’riflashning o‘zi dahshatli. Mana shunday dahshatlarning oldini olish maqsadida Uzun tumanida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etish, ajrashish ostonasida turgan oilalarni yarashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ajrashayotgan oilaning bittasi ham ko‘p. jamiyat hayoti uchun katta muammo. Afsuski, jar yoqasiga kelib qolgan oilalarning 12 tasi kun tartibidagi masala sifatida tumandagi 1-sektor hudidudidagi “Obod yurt” mahallasi madaniyat uyida muhokamaga qo‘yildi. Mas’ullarning sa’y-harakati, yoshi ulug‘larning nasihatlari bilan “Dehqon” mahallasidan Abdullayevlar hamda Mo‘minovlar oilasi, “Obod yurt” mahallasidan Allaberdiyevlar oilasi yarashtirildi. Quvonarlisi, 4 nafar bolaga endi tirik yetim tamg‘asi qo‘yilmaydi. Qolganlarga esa yarashgan oilalar ibrat va namuna qilib ko‘rsatildi. Zora, ular ham arshni larzaga keltirguvchi qarorlaridan qaytishsa…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun