Surxondaryoda mikro va kichik GESlar quriladi

Date:

Moddiy boyliklar ham, suv, gaz, elekrt energiyasi ham tugaydi. Shuning uchun ham ularni tejash, isrof qilmaslik haqida bong uramiz. Gap qayta tiklanuvchi energiya haqida ketar ekan, bu yo‘nalishda yangidan-yangi bosqichga ko‘tarilayotganimizni e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar Surxondaryo viloyatida ham bo‘y ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Viloyat Qurilish bosh boshqarmasida “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda viloyat hokimligi hamkorligida aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kengroq foydalanishi hamda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi PF-220-son Farmoni talablari yuzasidan tadbirkorlar va investorlar uchun “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi.

Tuman hokimlari o‘rinbosarlari, masalaga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda tadbirkorlarga “O‘zbekgidroenergo” AJ vakili tomonidan viloyatda mikro va kichik GESlar qurish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar tanishtirildi. Mazkur yo‘nalishda tegishli qonuniy imtiyozlardan samarali foydalanishga oid tushunchalar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun