Sariosiyo tumani g‘oliblar safida

Date:

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari tashkil etilgan edi. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yib, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan 14 ta tuman va shahar ishtirok etdi. Albatta, barcha tuman va shaharlar ham yuqori samaradorlikka erishgan, birining faoliyatini ikkinchisidan ustun qo‘yish qiyin jarayonga aylangan bir paytda maxsus komissiya tomonidan g‘oliblar aniqlab olindi.

Yakuniy natijasiga ko‘ra, “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida Yangiqo‘rg‘on tumani 1-o‘ringa munosib topilgan bo‘lsa, surxondaryoliklar ham peshqadamlikni qo‘ldan boy berishmadi. Ularning mehnati va faoliyati, amalga oshirgan ishlari e’tirof etilib, Sariosiyo tumani 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘ringa “Damas” avtomobili, 2-o‘ringa 40 million so‘m pul mukofoti va 12 million so‘mlik kitoblar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun