“Daqiqasini 200 ming so‘mdan baholagan”

Date:

Jurnalist surishtiruvi har bir sohani sergaklantirib qo‘yishi shubhasiz. Uning e’tiboriga va kamerasiga tushgan ma’lumot va lavha borki, kamchiliklarni ochiqlamay, fosh etmay qo‘ymaydi. Bunday faoliyat kishida mas’uliyat hissini oshirishi, vijdonan ishlashga turtki bersa yaxshi, albatta. Ammo, jurnalist niqobi ostidagi kimsaning o‘zi nafsiga qul bo‘lsachi? Olgan ma’lumotlaridan foydalanib, manfaat ilinjida ta’ma kutsa, bundan yomoni yo‘q.
Afsuski, Denov tumanidagi “Nihol” studiyasi muxbiri bo‘lgan shaxs viloyat bo‘ylab tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va yana ko‘plab idoralarning faoliyatini tasvirga olib, tanqidiy lavha tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va televideniega chiqarish bilan po‘pisa qilgan. Agar kelishilsa, olingan tavsirlarni o‘chirib tashlash sharti bilan tovlamachilikni kasb qilgan. Buni qarangki, har bir telemahsulot daqiqasini 200 ming so‘mdan baholagan.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, yaxshiyamki, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soxta jurnalist ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Aks holda qanchadan-qancha tashkilot va idoralar rahbar va xodimlari chuv tushishi aniq edi…

S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun