DIYОRBEK – OLTIN MEDAL SOHIBI

Date:

Sportning qaysi turida bo‘lmasin, o‘z kuchi va imkoniyatlarini sinagan o‘zbekning er yigiti borki, nom qozonmay, ovozasi olamni tutmasa, tinchimaydi. Tinimsiz shug‘ullanadi, toblanadi. Erishilgan g‘alabalar esa so‘zlarimiznu isbotlab beraveradi.
Boks bo‘yicha Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda ham mamlakatimiz vakillarining munosib ishtirok etib qaytganini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q.
Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Surxon o‘g‘loni Jarqo‘rg‘on tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi a’zosi Diyorbek O‘rolov bilagidagi kuchini ko‘rsata oldi. Zarbasidan o‘t chaqnab, raqobatda alp o‘g‘longa teng keladigani topilmadi. Diyorbek faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun