“Oyinli”da yangi muassasa…

Date:

Issiq jon bezovta qildimi, shoshadigan manzilimiz oilaviy poliklinika bo‘ladi. Tibbiy kartamizni olamiz-u, shifokor ko‘rigiga oshiqamiz. Beminnat shifokorlar esa dardimizga darmon bo‘lishga shay turishadi. Olilaviy poliklinikalarda barcha shart-sharoitlar bo‘lsa, nur ustiga nur. Aksi bo‘lsa, ta’bimiz xira bo‘lishi aniq. Sherobod tumanidagi “Oyinli” mahallasi hududida joylashgan 85-sonli oilaviy poliklinika ham ana shunday ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. O‘tgan yili “Obod qishloq” dasturiga tushdi-yu, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Oz emas 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga bugun ko‘rkam manzilgohga aylangan poliklinika foydalanishga shay. Ochilish marosimi esa katta shodiyonaga aylanib ketdi. Tuman hokimi o‘rinbosari M.Choriyev hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sobirov, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tantanali ochilish marosimida qizil tasmalar kesilib, bino ichiga tashrif buyurildi. Yaratilgan shart-sharoit bilan tanishgan borki, qulayliklardan ko‘ngli va qo‘zlari quvondi.
20 mingdan ortiq aholi vakillariga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur poliklinika fuqarolar mushkulini oson qilib, uzoq yillar xalq xizmatida bo‘lishiga shubha yo‘q.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun