SEKTOR RАHBАRINING TАSHАBBUSI BILАN MАHАLLАGА SUV KELDI

Date:

Dono xalqimizning «Suv keltirgan elda aziz» degan hikmatli gapini ko‘p eshitamiz. Zero, hamma davrlarda ham suvni saxovatli dalalar bag‘ri, bobodehqonlar ixtiyoriga yetkazib berish oson kechmagan. Yurt obodligi, dasturxonimiz to‘kinligiga sabab bo‘ladigan suvni boshqarish va undan tejab foydalanish ham bir sanʼatdir.

Аholini ichimlik suvi bilan taʼminlash, hududlarda bu boradagi muammolarni bartaraf etish, suvdan fuqarolarning unumli va oʼrinli foydalanishi boʼyicha barcha qulayliklar va sharoitlar yurtimizda yaratilgan. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda fuqarolarga sektor rahbarlari har tomonlama ko‘mak berishmoqda
Sho‘rchi tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqarolarning bundan bir necha yil oldin o‘rnatilgan ichimlik suvi inshoati yaroqsiz holatda ekanligi buning natijasida aholi qiynalib kelayotganligi haqidagi murojaati sektor rahbari tomonidan o‘rganilib, homiylar ishtirokida 90 mlllion so‘m evaziga 232 metr chuqurlikda suv qazish ishlari 2 hafta davomida olib borilib, toza ichimlik suvi chiqarildi. Ichimlik suvi ekspert xulosasiga kura ichish uchun yaroqli ekanligi maʼlum qilindi. Mahalladagi 200 xonadonda yashovchi 1136 nafar aholiga toza ichimlik suvi yetkazilishi taʼminlandi.

—Suv obi hayot. Usiz bir lahzani-da tasavvur qilish qiyin. Аyniqsa, toza ichimlik suvi oltinga teng. Ruhimiz tetik, jismimiz sog‘lom bo‘lishida uning o‘rni beqiyos, – deydi Jamshid Bo‘riev. – Shunday ulug‘ kunda aholimizni qiynab kelayotgan suv bilan bog‘liq muammomiz barham topdi. Muammolarimiz birin-ketin hal etilib, turmush sharoitimiz tobora yaxshilanib bormoqda. Endi bizning mahallamizda ham obi-hayot bor. Buning uchun mutasaddi rahbarlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Darhaqiqat, umr shunday o‘tib borarkan, qilingan yaxshilik abadiyat oralab Yaratganning mukofotiga sazovor bo‘ladi. Аllomalar aytgan bu oltin jumlalar aziz zamondoshlarimizning dilida, tilida yashayveradi.

Nigina Shoyeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher...

Saraton dorisi sinovdan o‘tkaziladi

Alphabet tarkibidagi Isomorphic Labs kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlab...

IELTS: imtihon faqat kompyuterda topshiriladi

O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTS imtihonining qog‘oz shaklidagi topshirishlari to‘xtatiladi....

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi yangi binoda

Termiz shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining yangi...
KunTun
KunTun