“Kovrakfrushlar” qo‘lga tushdi

Date:

Ibn Sino bobomiz “Kovrak urug‘ining qaynatmasi (urug‘i xuddi supurginikiga o‘xshash malla rang, shakli ham shunga o‘xshab ketadi) 3 mahal ichilsa, ona suti ko‘payadi. Shirasiga anjir qo‘shib yeyilsa, sariq (gepatit) kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch, sirka qo‘shib, yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to‘kilishiga ham o‘ta foydalidir”, deya kovrak o‘simligiga ta’rif bergan. Haqiqatan ham kovrakning yelim-smolasi xalq tabobatida o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k-yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llanilsa, ilmiy tibbiyotda kovrak yelim-smolasi kukun, emulsiya va tindirma (nastoyka) holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Kovrak sog‘lik uchun ham, tadbirkorlik qilib, daromad ko‘rish uchun ham kon-u foyda. Shu sababdan ham viloyatimizda kovrak plantatsiyalari tashkil etilib, kovrak yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan.

Ammo, mehnat qilmay tayyoriga ayyor bo‘luvchilar ham topiladi. Ana shunday 22 nafar ayyor Sherobod tumani Oqtosh massivi “Chorbog‘” mahallasi hududida 3 ta kapa tikib kovrakni kovlab, dimlash ishlarini olib borayotganda qo‘lga tushdi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tegishli ruxsatnomalar so‘ralganda esa hech qanday hujjat ko‘rsata olishmadi.

Holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlar shu kuning o‘zida hududdan chiqarib yuborilgan.

H. Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Turizm ko‘chasi” qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini...

Mehnat qadrlansa, yurak quvnaydi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumida tashkil etilgan tadbirda 11 nafar...

“Kashta tikdim, ipaklari tillodan”

O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib...

Raqobat kuchli, ishtirok muvaffaqiyatli

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchisi Shamshodbek Qurbonov xalqaro...
KunTun
KunTun