Deputatlik nazorati kuchaytiriladi

Date:

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi A. Choriyev raisligida viloyat Kengashi deputatlari hamda tuman (shahar) Kengashlari raislari va kotibiyat mudirlari ishtirokida muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ayrim deputatlar ZOOM platformasi orqali ham qatnashdi. Ushbu yig‘ilish deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish va aholi bilan ishlash sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Kun tartibida deputatlar faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosi, saylov okruglarida nazorat-tahlil ishlarini kuchaytirish, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish hamda 96 ta muhim qonun ijrosini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikni kengaytirish orqali mavjud muammolarni aniqlash va hal etish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish, doimiy komissiyalar faoliyatini faollashtirish va ularning yig‘ilishlarini tizimli tashkil etish zarurligi ham ta’kidlandi. Yakunda Reglament va odob-axloq masalalari bo‘yicha komissiya raisi, senator Dilbar Suvonova hamda Kengash kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov tomonidan deputatlar faoliyatiga oid tahliliy fikrlar bildirildi.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 9-may — “Xotira va qadrlash” kuniga tayyorgarlik, unda deputatlarning faol ishtiroki bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Umuman olganda, mazkur yig‘ilish deputatlarning mas’uliyatini oshirish, ularning xalq bilan bevosita ishlashini kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni samarali hal etishga xizmat qilishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun