Sport va an’analar uyg‘unligida

Date:

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq va raqslar namoyishi, balki sport tadbirlari orqali ham yanada boyitilmoqda. So‘nggi yillarda festival dasturiga yoshlar, ayniqsa qizlar faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari ham kiritilib kelinmoqda.

Festival doirasida Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari qizlari o‘rtasida futbol uchrashuvi o‘tkazildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahs penaltilar seriyasiga qadar davom etib, unda Boysun tumani jamoasi g‘alaba qozondi. G‘oliblarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirlar Boysun tumani Bibishirin mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm markazida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Festivalning bunday yo‘nalishda kengayib borishi yoshlar faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hududning turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun