Zamonaviy avtomaktab ish boshladi

Date:

Mashina boshqarishga qiziqqan borki, haydovchilik guvohnomasi olishga oshiqadi. Buning uchun, albatta, barcha qulayliklarga ega avtomaktab tanlovi muhim. To’g’ri-da, o’qiganga yarasha zamonaviy avtomaktabda malakali mutaxassislardan nazriy va amaliy bilim olgan afzal.

Ayniqsa, Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida 3 oy muddatda hududlarda zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirig’i ko’nglimizdagi ish bo’ldi. Topshiriq ijrosini kuttirishni istamagan tadbirkor “Avtoxavaskor” o’quv markazi MCHJ rahbari Shuxrat Matyoqubov Termiz shahrida ilk bor eng zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo’lgan avtomaktabning tantanali ochilish marosimi talablarimizga munosib javobdek bo’ldi.

Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev, viloyat IIB YXHB boshlig’i Ilxom Soipov, shahar sektor rahbarlari hamda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari va OAV vakillari ishtirok etgan marosimda shart-sharoitlar bilan tanishganlarning ko’zlari quvondi, ayni shu maktabda o’qishni ko’ngliga tukkanlar ham bo’ldi.
Aytish kerakki, mazkur zamonaviy avtomobil maktabi 20 milliard so’mga yaqin mablag’lar hisobidan bunyod etilgan. 3 qavatli binoda 13 ta o’quv xona mavjudligi bir kunda 650 nafar o’quvchini o’qitish imkoniyatini beradi.


O’quv markazida 10 ta yuk tashuvchi va yengil avtomobillar amaliy mashg’ulotlar uchun xizmat qiladi. 20 nafar yangi ish o’rnini o’z ishining ustalari band etgan.
Avtomobil maktabida dars mashg’ulotlari boshlab yuborilgan.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun