Kitobxonlik madaniyati — ma’naviy yuksalish asosi

Date:

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyani oshirish maqsadida “Kitob o‘qish soati” tadbiri tashkil etildi. Bunday tashabbuslar xodimlarning bilim doirasini kengaytirish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ochib berib, kitob o‘qishning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni, shuningdek, jamoa ichida intellektual muhitni shakllantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar “Temur tuzuklari”, “Yaldo kechasi” hamda “Alkimyogar” asarlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Hozirda test bosqichi bo‘lib o‘tmoqda va ishtirokchilarning bilim hamda tahliliy ko‘nikmalari malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholanmoqda.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Umuman olganda, “Kitob o‘qish soati” kabi tadbirlar xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini mustahkamlash, ma’naviy saviyani oshirish hamda bilimga asoslangan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun