Ibrat va xotira

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlar, faxriylar va harbiylar o‘rtasida ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda Denov tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari hamda urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida faxriylar hayotiy tajribalari, Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat haqidagi xotiralarini ulashib, yosh avlodga ibrat bo‘ladigan fikrlar bildirdilar.

O‘quvchilar esa faxriylarni hurmat va ehtirom bilan qarshi olib, she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar orqali o‘z minnatdorliklarini ifoda etdilar.

Umuman olganda, mazkur tadbir uch avlod vakillarini birlashtirib, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun