Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

Date:

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir qator yangi qulaylik va imtiyozlar yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra:

➖ 2030-yilgacha xorijiy tur operatorlari vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplanadi;

➖ mahalliy tur operatorlarining xorijdagi reklama va targ‘ibot xarajatlarining 25 foizigacha (500 mln so‘mgacha) qoplab beriladi;

➖ tadbirkorlar tomonidan sayyohlar uchun madaniy va konsert tadbirlarini tashkil etish xarajatlari ma’lum muddatgacha moliyalashtiriladi.

Ushbu qaror O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda mahalliy turizm biznesini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mamlakatni xalqaro turizm bozorida yanada jozibador yo‘nalishga aylantirishga yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun