Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi tashabbusi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha mahallalarda joriy etilgan yangi lavozim Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha Mahallabay ishlash markazi uchun yangi joriy etilayotgan tizimning mohiyati va samarali faoliyat koʼrsatishi boʼyicha Termiz davlat universitetida seminar-treninglar va amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtmoqda.
Respublika miqyosida tashkil etilgan oʼquv-seminarining dastlabki bosqichi 22-27 noyabrь kunlari boʼlib oʼtdi. Kuni kecha boshlangan seminarning ikkinchi bosqichi 4 dekabrьda yakunlanadi. Oʼquv-seminariga birinchi bosqichda oʼqib sertifikat olgan 20 dan ortiq trenirlar jalb qilingan.
Mazkur seminarga 85 nafar tinglovchi qamrab olingan boʼlib, ularga yangi tizimning mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Hokim yordamchilarining vazifalari, ularga qoʼyilayotgan talablar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumotlar berilmoqda. Ushbu seminarning ahamiyatli tomoni, nazariya va amaliyot uygʼun holda tashkil etilayotganidadir.
Dastlab oʼquv mashgʼulotlarini viloyat hokimi oʼrinbosari Fayzulla Mamanov ochib berdi. Va tinglovchilarga ushbu tizim yaxshi samara berishi va kelajakda joylarda, mahallarada tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʼrinlari tashkil etish va aholining muammo va masalalarini mahallaning oʼzida hal etish choralari koʼrilishiga erishish borasida hayotiy tajribalari bilan oʼrtoqlashdi.
Mazkur oʼquv-seminar yakunida tinglovchilardan test olinadi va ularga trenir sifatida sertifikat topshiriladi, – deydi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Аktam Xolov. – Ular uchinchi bosqichda tashkil etiladigan oʼquvlarda trenirlik qilishadi. Maqsad esa aholi oʼrtasida tadbirkorlik qobiliyatini oshirish, kambagʼallikni qisqartirishga qaratilgan. Hokim yordamchilari esa bunda drayver vazifasini bajarishi va aholi bilan bu borada hamkorlikda ish olib borishi kerak boʼladi. Shuning uchun ham ular uchun mana shunday oʼquv-seminarlar yoʼlga qoʼyilmoqda.
Seminarning uchinchi bosqichi esa shahar va tumanlar miqyosida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.
Hokim yordamchilari uchun oʼquvlar tashkil etilmoqda
Date: