Toʼra Bobolov: Denovda roʼy bergan bu holatdan birdamlik va sabr bilan chiqamiz. Zarar koʼrgan fuqarolar va tadbirkorlarimiz uchun barcha zarur yordamlar koʼrsatiladi.

Date:

Kuni kecha Denov tumanida boʼlib oʼtgan matbuot anjumanida joriy yilning 7 dekabrь kuni soat 03:57 da Denov shahridagi ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasida chaqnash oqibatida binoning devorlari qulab tushib, 2 kishi nobud boʼlganligi hamda 9 kishi jarohatlanganligi toʼgʼrisida mutaxassislar tomonidan xabar berilgan edi.

(https://t.me/axborot_xizmati/10228)Qisqa vaqtdan soʼng voqea joyida boʼlgan viloyat hokimi holat bilan tanishdi va fuqarolarga yordam koʼrsatish hamda zarar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini shaxsan oʼz nazoratiga oldi.

Bugun erta tongdan shifoxonaga tashrif buyurgan viloyat hokimi u yerdagi bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va jarohat olgan fuqarolar holidan xabar oldi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Denov tumanida viloyatdagi sogʼliqni saqlash sohasidagi masʼul rahbarlar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi tibbiyot sohasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan dolzarb vazifalar hamda qilinishi lozim boʼlgan ishlar xususida oʼz fikrlarini bildirdi. Eng avvalo, soha xodimlarining malakasini oshirish zarurligini taʼkidladi.

Shuningdek, koronavirus infektsiyasining insoniyat hayotidagi salbiy taʼsiri haqida toʼxtalib, undan xalos boʼlishning eng samarali va eng ishonchli yoʼli — fuqarolarni kasallikka qarshi emlash ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuvda fikr-mulohazalar tinglanib, muammolarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun