Xususiy maktab muammolari o‘rganildi

Date:

Oliy va o‘rta ta’lim tizimida ham xususiylashish jarayoni jadal sur’atlar bilan ketmoqda. Bu holatni zamon talabi deya baholash mumkin. Farzandlarini davlat yoki xususiy maktabga beradimi, bu borada ota-onalarning o‘zi qaror qabul qiladi. Nima bo‘lganda ham yoshlar risoladagidek ta’lim-tarbiya olsa bo‘lgani.
Ammo, shu o‘rinda aytish o‘rinliki, xususiy maktablarda chuqurlashtirilgan holda chet tillari va boshqa fanlarning o‘qitilishi, qat’iy tartib-intizom va talablarning joriy etilishi o‘quvchini faqat va faqat o‘qib o‘rganishga, o‘z ustida ishlashga undashi bilan muhim ahamiyatga ega.


Termiz shahrida ham “Boysun barakat imkon” MChJ tomonidan 2019-yildan buyon “Genius Academy Termez” nomli nodavlat umumta’lim maktabi faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda maktabda 370 nafar, shundan, boshlang‘ich sinfda 214, yuqori sinfda 156 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Maktabda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning 3 nafari 1-toifali, 9 nafari 2-toifali, 4 nafar o‘qituvchida “CEFR”, 3 nafarida “IELTS” sertifikatlari mavjud. Bu esa til o‘rgatishda tajribali pedagoglarning jalb etilganini ko‘rsatadi.
Xo‘sh, xususiy maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni qanday kechmoqda? Bunday faoliyat o‘zini oqlayaptimi? Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mana shunday savollarga javob topish maqsadida mazkur maktabda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulotlarning tashkil etilishi bilan tanishdi. Maktab muassislari bilan suhbat davomida ularning mavjud muammolari o‘rganildi. Jumladan, tadbirkorlarning murojaatiga asosan maktabda sport zal qurish uchun bankdan imtiyozli kredit olishida ko‘maklashish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun