Surxondaryodagi 965 ta maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi

Date:

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — jonajon maktabga so‘nggi bor kelmoqlikni, ulg‘ayish fursati yetganini anglatgandek bo‘ladi. Bolalik sho‘xliklar, o‘yinqaroqliklar ortda qolib, katta hayotga uchirma bo‘lmoqlikka ishora qiladi. Jonkuyar ustozlarning kuyunchaklik ila bergan nasihat-u tanbehlari ham endi xotira, eslash mumkin bo‘lgan voqeaga aylanadi. Ha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari har bir bitiruvchi o‘quvchining qalbiga ana shunday hislarni uyg‘otadi. Bir tomondan quvonch, bir tmondan esa ko‘ngillarni qayg‘uga soladigan ondir bu fursat.

Bu galgi 25-may kunida  ham yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarang sochdi. Surxondaryo viloyatidagi 965 ta umumta’lim maktabining 11-sinfini 32 ming 886 nafar o‘quvchi tamomlab, katta hayot ostonasiga shahd bilan odimlayapti.

Ana shunday yoshlarning his-hayajoniga, quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Eng avvalo, muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Ushbu tabrikka hamohang tarzda bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan samarali foydalanishga chaqirdi va bitiruvchi yoshlarga katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi.

Shundan so‘ng, bitiruv kechasining bayram dasturidan o‘rin olgan chiqishlarga navbat berildi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar, raqslar bayram tadbiriga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bugun maktab ostonasidan uchirma bo‘layotgan yoshlarning shijoati, kuch-g‘ayratga to‘la ekanini kuzatib turib, ularni jamiyatimizning turli jabhalarining, sohalarining yetuk ustalari bo‘lib yetishishlariga umid bog‘laymiz. Ishonamiz, ular albatta, bildirilgan ishonchni oqlashadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun