Agar sinfni “remont” qilishga majburlashsa…

Date:

O‘quv yili tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bir yil davomida o‘quvchilar xizmatida bo‘lgan sinfxonalar ham ta’mirtalab ahvolga keladi. Ana shunday paytda maktab ma’muriyati “remont” uchun o‘qituvchidan pul talab qilish hollari ham afsuski kuzatiladi. Aytilgan mablag‘ni bermasangiz, kafolat xati so‘rashadi. Bu holat nechog‘lik qonuniy? Maktab ta’miri davlat byudjeti hisobidan qilinmaydimi?
Albatta, aytish kerakki, o‘qituvchilardan “remont”ga deb har qanday usulda pul yig‘ish noqonuniydir. Konstitutsiyaning 52-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida”gi nizomning IX bobida ham maktabning moliyaviy mablag‘i davlat buydjeti va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi o‘z mablag‘lari hisobiga shakllantirilishi belgilangan. Davlat umumtaʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va umumtaʼlim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonunchilikda taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qolaversa, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur qoidaning mazmunidan ko‘rinib turibdiki, maktab faqat ixtiyoriylik asosida ota-onalar va boshqa fuqarolar (o‘qituvchilar ham shular qatoriga kiradi) dan pul mablag‘lari qabul qilishga haqli. Shu bilan birga, xalq taʼlimi vaziri buyrug‘iga ko‘ra taʼlim muassasasida o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash aʼzolari, taʼlim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qatʼiyan taqiqlanadi. Yuqoridagi holat esa qonun buzulishi sanaladi va bu yuzasidan tuman yoki shahar prokuraturasiga murojaat qilish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohaga ajratilgan mablag‘ manzilli sarflangan… mi?

Surxondaryo viloyatida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda...

Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng…

Surxondaryo viloyat hokimining hududlarda bo‘lganini turli sohalarga, ulardagi muammolarga...

Natsumi Shida: “Boysunlik ayollar mehnatda, sabr-matonatda tengi yo‘q”

Ayol — u shunday xilqatki, jasorati, matonatiga tan beramiz....

Sevimli shoir dastxat ulashdi

Usmon Azim bilan bo‘ladigan davralar qiziydi, she’riyatga keng o‘rin...
KunTun
KunTun