Banklar oltin sotadimi?

Date:

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi yangi nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjat tijorat banklariga oltin savdosini yanada qulay va zamonaviy shaklda amalga oshirish imkonini yaratadi.

Yangi tartibga ko‘ra, banklar mijozlarga o‘lchovli oltin quymalarini mobil ilova orqali sotish va sotib olish, oltinni Markaziy bank orqali xarid qilish yoki sotish, shuningdek, elektron (jismoniy bo‘lmagan) shaklda oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Amaliyot mobil ilovada oferta shartnomasini tasdiqlash orqali bajariladi. To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, mijozga oltin quymaning maxfiy kodi taqdim etiladi. Mijoz ushbu kod va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka murojaat qilib, oltinni real shaklda qo‘lga kiritishi mumkin.

Bu yangilik fuqarolarga investitsiya qilishning yangi, xavfsiz va qulay usulini taqdim etadi hamda mamlakatda raqamli moliyaviy xizmatlar rivojiga yana bir qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol...

Talabalar tantanali kutib olindi

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan...

Chorva soni 1 ming boshdan oshdi

Muzrabot tumanining Fidokor mahallasida tadbirkor Zokir Suvonov tashabbusi bilan...

Ilk qadamdan katta marralar sari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili “Bir...
KunTun
KunTun