Inson huquqlari – davlat e’tiborida

Date:

Termiz shahri 1-son umumta’lim maktabida “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy maqsadidir” mavzusida navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 19-martdagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilib, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash yo‘nalishidagi islohotlarning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.

Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari, Xotin-qizlar bo‘limi va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Ma’ruzachilar kiberjinoyatchilik, mehnat munosabatlari va mehnat migratsiyasi masalalarida muhim huquqiy tushunchalar berib o‘tishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z savollariga javob olib, mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning o‘z huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun