Huquqiy bilimi oshirildi

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi hamkorligida jinoyatchilik va korrupsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, shahar va tuman mudofaa bo‘linmalari hamda Qurolli Kuchlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunlar, Prezident farmon va qarorlari mazmuni tushuntirildi. Mutaxassislar korrupsiya holatlarining harbiy intizom, birdamlik va milliy xavfsizlikka salbiy ta’siri haqida ma’lumot berishdi. Ishtirokchilarga xizmatda halollik, shaffoflik va intizomni ta’minlash, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv harbiy xizmatchilarda huquqiy madaniyat va fidoyilik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, harbiy jamoalarda sog‘lom muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun