Tangalar yurtda qoldi

Date:

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida xorijga chiqayotgan fuqaro Shokir Olimov (ism o‘zgartirilgan) nazoratdan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, arab yozuvidagi bitiklar tushirilgan besh dona qadimiy metall tanga topildi.

Badiiy ekspertiza natijasiga ko‘ra, topilmalar XVI asrga oid madaniy boylik ekani, ularda arab yozuvida diniy iboralar va hukmdor nomlari bitilgani aniqlandi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yaratilganiga 50 yildan ortiq vaqt o‘tgan madaniy boyliklarni mamlakatdan olib chiqish qat’iyan taqiqlanadi.

Topilgan nodir tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirildi, holat yuzasidan esa bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu holat madaniy merosni asrab-avaylash va tarixiy boyliklarimizni noqonuniy olib chiqilishidan himoya qilish borasidagi ishlarning dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun