Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Date:

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Moskva viloyatida joylashgan eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri — “Klimov quvur zavodi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida hokimga zavoddagi ish jarayoni — xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlar, ishlab chiqarish texnologiyasi hamda sifat nazorati tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan polimer quvurlar nafaqat suv ta’minoti tizimlarida, balki qishloq xo‘jaligi, qurilish va sanoat sohalarida ham keng qo‘llanish imkoniyatiga ega. Mahsulotlarning turli o‘lcham va yuqori quvvatda ishlab chiqarilishi katta infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv chog‘ida Ulug‘bek Qosimov kompaniya rahbarlariga Surxondaryo viloyatida hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish taklifini ilgari surdi.

Kompaniya mutasaddilari mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston, xususan Surxondaryo viloyatida faoliyatini yo‘lga qo‘yish ular uchun yangi bozorlar ochish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladilar.

Shuningdek, yaqin kunlarda loyihani amalga oshirish bo‘yicha texnik takliflar tayyorlanishi va kompaniya vakillarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun