Issiqxona xo‘jaliklari samaradorligi oshiriladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 8-oktyabrdagi PF–181-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryoda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Termiz tumanidagi “LAMOS AGRO ANTELLI” MChJ issiqxonasida o‘tkazilib, unda hokimlik vakillari, soha rahbarlari, issiqxona egalari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Seminarda farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, issiqxona sohasini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar mazkur hujjat sohani modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun