San’at – inson ruhiyatining ilhomi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga sertifikatlar topshirildi. Ikki oy davom etgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilar rangtasvir, somon san’ati, resin art (smola bilan ishlash) hamda dekorativ-amaliy san’at yo‘nalishlarida o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etishdi.

To‘garak yakunida talabalarning yaratuvchanlik va did bilan ishlangan asarlari ko‘rgazma tarzida taqdim etilib, ularning ijodiy yondashuvi professor-o‘qituvchilar tomonidan yuksak baholandi.

San’at inson qalbini go‘zallikka oshno etadi, ruhiyatni yuksaltiradi va tafakkurni boyitadi. Shunday tadbirlar yoshlarning estetik didini shakllantirish, ularni ijodkorlik va nafislik olamiga chorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...

Uchrashuvdan ko‘ngillar shod

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev 44-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim...

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...
KunTun
KunTun