Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda 3697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur hujjat tijorat banklari faoliyatini yanada takomillashtirish, mijozlar bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni mustahkamlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lovlarini kechiktirish yoki to‘lov jadvalini qayta tuzish imkoniyati beriladi. Bu chora vaqtinchalik daromad yo‘qotgan yoki faoliyati to‘xtab qolgan qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.

Shuningdek, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar uchun mavjud kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘n oygacha uzaytirilishi nazarda tutilgan. Bu orqali ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning moliyaviy barqarorligini saqlash maqsad qilingan. Hujjatga muvofiq, agar bank arizani qanoatlantirishni rad etsa, bu haqda asoslantirilgan yozma xabarnoma arizachiga taqdim etilishi shart. Mazkur qaror mamlakat bank tizimida mijozlarga nisbatan yanada insonparvar yondashuvni yo‘lga qo‘yish, kredit munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun