Bitiruvchilar bandligiga yangi turtki

Date:

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.

Kredit 7 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Uning yillik stavkasi Markaziy bank stavkasidan 4 foiz yuqori etib belgilangan. Muhimi, har 1 milliard so‘m kredit uchun tadbirkor kamida 1 nafar bitiruvchini ishga olishi shart bo‘ladi. Agar ish shartnomasi 2 yil ichida bekor qilinsa, kredit stavkasi tijorat darajasiga oshiriladi.

Shuningdek, eng yaxshi startap va innovatsion loyiha mualliflari uchun ham yangilik — ular 1 milliard so‘mgacha grant olish imkoniyatiga ega bo‘lib, buning evaziga kamida 2 nafar bitiruvchini ish bilan ta’minlashi lozim.

Mazkur tashabbus yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelishini ta’minlash, tadbirkorlik muhitiga yangicha g‘oya va energiya olib kirish orqali iqtisodiyotga sezilarli turtki berishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun