Termizda “Yoshlar saylgohi” tashkil etiladi

Date:

Kunlar isishi bilan istirohat bog‘lari va saylgohlar yosh-yalanglar, umuman voha ahli bilan gavjum bo‘ladi. Ular ko‘ngildagidek xordiq chiqarib, atrofdan, turli attraksionlar, ko‘ngil ochar xizmatlardan zavq olishadi. Ha, qandaydir sovg‘a yutib olish uchun mo‘ljalni to‘g‘ri olish kifoya, hech bo‘lmaganda muzqaymoq lazzatidan bahramand bo‘lish mumkin… sokin bog‘da kitob mutolaasiga nima deysiz? Ammo, mana shunday dam olish uchun shahrimizda yetarlicha shart-sharoit bormikan, degan savol o‘rtaga tashlanadi.

Har qalay ozru qilish yaxshi, uning ro‘yobi esa undan-da maroqli. Kuni-kecha Prezidentimiz raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ana shu jihatlar ham e’tiborga olindi.
Joylarda esa muhtaram yurtboshimiz belgilab bergan topshiriqlar ijrosiga kirishildi. Surxondaryo viloyat hokimi Termiz shahridagi “Bobur” bog‘ida bo‘lib, faol yoshlar bilan uchrashdi.

O‘g‘il-qizlarning tashabbus va takliflarini tingladi. Samimiy kechgan muloqot davomida “Bobur” bog‘i negizida “Yoshlar saylgohi” tashkil etiladigan bo‘ldi. Asosiysi esa ushbu saylgohda ochiq osmon ostida katta kutubxona barpo etiladiki, undan yosh-u keksa bahramand bo‘lishi, mutolaa zavqini tuyishlari mumkinligi muloqot ishtirokchilarini quvontirdi.
Shundan so‘ng, saylgoh loyihasi yanada takomillashtiriladigan, yoshlarning takliflari-da inobatga olinadigan bo‘ldi. Qisqa muddatda loyiha doirasida amaliy ishlar boshlab yuboriladi. Bog‘ atrofi obodonlashtiriladi, tartibga keltirilib, yoshlarning haqiqiy fayzli maskaniga aylantiriladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun