Varraklar festivalida

Date:

O‘z qo‘llaringiz bilan varrak yasab, uni osmon-u falak bo‘ylab uchirib ko‘rganmisiz? Agar bu jarayonni boshingizdan kechirgan bo‘lsangiz, hozir qalbingiz o‘sha zavq bilan to‘lgani aniq. Aks holda, bu tuyg‘uni his eta olmaysiz.
Varrak yasash qiziqarli jarayon. Ayniqsa, uning ipidan tutgancha, uzoqlarga ko‘tarilayotgani, nuqta yanglig‘ ko‘rinayotgan varrakning qanotlarini hilpirayotgan misol yanada yuqoriroqni ko‘zlab ko‘tarilayotganini kuzatib, kalavani bo‘shataverasiz, yugurasiz-yelasiz…

Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Texnik yo‘nalishi” to‘garak a’zolari “SMILE SPRING|” varraklar festivalining viloyat bosqichida ana shunday tuyg‘ular og‘ushida bo‘lishdi.
Aytish kerakki, festival 3 ta yo‘nalishda tashkil etildi. Avvaliga ishtirokchilar o‘zlari varrak yasashdi. So‘ng, uchirishdi. Jarayon qizqarli va maroqli bo‘ldi. Festival davomida hakamlar hay’ati tomonidan har bir bosqich kuzatib, baholanib borildi.
Sho‘rchilik Mirziyat Muhammadiyev, Bilolbek Soatov, Orzubek Iskandarov hamda muzrabotlik Murod Fatullayevlar go‘liblikni qo‘lga kiritib, festivalning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplom bilan taqdirlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun