Robot ixtiro qildi

Date:

Bolani yoshligidan yo san’atga, yo robototexnikaga qiziqtirish so‘nggi paytlarda urfga aylandi desa ham bo‘ladi. To‘g‘ri-da, san’atga oshno ko‘ngildan texnik bilimlar, raqamlar, hisob-kitob va qonuniyatlar bilan ish ko‘rish qiziq emas. Nima bo‘lganda ham har bir yoshni o‘z qiziqishi, layoqatiga qarab yo‘naltirish lozim. Ana shundagina har bir sohada muvaffaqiyatga yuz tutish mumkin.
Ammo, Oltinsoy tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Shernazar Mardonovda har ikki qarama-qarshi sohada ham iqtidor borligi ayon bo‘ldi. Qanday deysizmi, u musiqa ijro etuvchi robot ixtiro qildi. Bir qarashda karton uyumidan yasagan oddiygina jismda insonlarniki kabi yuz-ko‘z, qiyofa, qo‘l-oyoqlar bor. Ichi esa tashqi ko‘rinishni boyitishga xizmat qiluvchi sxematik tuzilmalar bilan boyitilgan. Shunchaki, kerakli tugmani bossangiz, robot jonlanadi, ko‘zlari chaqnab, musiqa ijro etishni boshlaydi. Qanday musiqa tinglashni istasangiz, o‘sha musiqani robotga dasturlash kifoya.
Yosh ixtirochining esa kelajakdagi orzu va maqsadlari katta. U ushbu loyihasini yanada boyitib, mukammallashtirishni o‘ylagan.

S.Davlatova

Oldingi sahifaO‘zbek ertaklari koreys tilida
Keyingi sahifaMASALA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun