Ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etildi

Date:

Shaharda yashovchi aholining bozor-o‘char va boshqa masalalarda muammosi yo‘q, zumda avtoulovga o‘tiradilar-da, kam-ko‘stini tuzatib, har qanday masalasi bo‘lsa, hal etadi. Ammo, shahar yoki tuman markazidan olisda yashaydigan, yetarli shart-sharoit yaratilmagan hududlarda yashaydiganlar uchun hatto bozorga borish ham mushkul vazifa bo‘lishi aniq. To‘g‘ri, qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘zlarining ham tomorqasida unar, ammo ro‘zg‘or uchun kerak bo‘ladigan boshqa mahsulot va narsalarchi?


Sariosiyo tuman hokimligi, prokuraturasi, departamenti, soliq inspeksiyasi, tuman Dehqon oziq-ovqat MChJ hamkorlikda aholining ana shunday masalasini ko‘ngildagidek hal etish maqsadida arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishi uchun tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan “Bog‘isamarqand” mahallasida ko‘chma savdo yarmasi tashkil etildi.
Yarmarkada un, makaron, o‘simlik yog‘i, guruch, shakar, choy, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, ko‘katlar — jami 20 ga yaqin mahsulot o‘rin oldi. Asosiysi fuqarolar ushbu oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzonlashtirilgan bahoda hududlaridan tashqariga chiqmay xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bunday imkoniyat yaratilganidan bog‘isamarqandliklar shod, bozoridan baraka unib, kerakli mahsulotlarini g‘amlab oldilar.
S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun