Afg‘on shamoliga chek qo‘yiladi

Date:

Yilning to‘rt faslida ham kutilmaganda ko‘tarilgan chang-to‘zon kayfiyatimizga ta’sir etadi. Mahalliy aholi tilidan afg‘on shamoli deya nomlanadigan bu hodisaning oldini olish yoki chek qo‘yish mumkinmikan? Yoki bu qanday sodir bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rganmikanmiz?

Vohaning dasht va cho‘l qismlari asosan qumliklardan iborat, salga qum bahranlarining shamolga ko‘tarilib, chang-to‘zoni butun shaharga tarqalishi ushbu hodisaga sabab bo‘ladi. Haqiqatda bu holatning oldini olish mumkin.

Vohaning dasht va cho‘l zonalarida yetarli namlik saqlansa, qum bahranlari shamol-u dovulda ham ko‘tarilmaydi. Buning yechimi esa ayni shunday zonalarda saksovul ekishdirm. Saksovulning ildizi bir necha o‘n metr masofagacha borib, yerdagi namlikni saqlab beradi. Qarabsizki, muammo hal.

Davlat rahbarining viloyatimizga tashrifi davomida qum bo‘ronlari va chang-to‘zonlarning yuzaga kelishini kamaytirish maqsadida cho‘l zonalarida saksovulzorlarni kengaytirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdilar. Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz va Angor tumanlari tutashgan “Kattaqum” massivida saksovul ko‘chatlari hamda urug‘larini ekish ishlari boshlab yuborildi.

Mana shunday ezgu tashabbusni amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘istondan 100 ming tup saksovul ko‘chatlari va 15 tonna urug‘ keltirildi. Viloyatda 1,5 ming gektarda saksovulzorlar barpo etish rejasiga muvofiq olib kelingan ko‘chat va urug‘larni ekish ishlariga davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar vakillari hamda ko‘ngillilar ishtirok etdi. Natijada 10 gektar maydonga 12 mingdan ortiq saksovul ko‘chatlari va urug‘lari ekildi.
Tadbirlar davom etmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun