14 NAFAR O‘QUVCHI GRANTGA SAZOVOR BO‘LDI

Date:

Fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlar o‘qib-o‘rganayotgan fanimizni nechog‘lik o‘zlashtirganimizni ko‘rsatishi bilan birga bilimimizga munosib bahoni berishga xizmat qiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida matematika fanidan Respublika fan olimpiadasining tashkil etilgani ham o‘quvchi-yoshlarning matematikaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Olimpiadada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo‘naltirish maqsadida respublikamizdagi umumta’lim maktabi hamda akademik litseylarning 10-11-sinf o‘quvchilari qamrab olindi. Unda Sariosiyo tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan hamda 4-, 37-, 80-sonli umumta’lim maktablaridan 14 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va muvaffaqiyatli natijalarga erishdilar. Ularning har bir PDP universitetining qishki qabuli uchun 12 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritib, ustoz va murabbiylari bildirgan ishonchni oqladilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun