Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Date:

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun muhim. Sariosiyo tumanidagi Sebzor mahallasida joylashgan 38-sonli umumta’lim maktabida barpo etilgan yangi o‘quv binosi ham ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qiymati 8 milliard 49 million so‘m bo‘lgan mazkur bino «Binokor Foziljon Baraka» xususiy korxonasi tomonidan qurib bitkazildi. Yangi bino hisobiga maktabning o‘quv sig‘imi 660 o‘ringa oshdi. Bu o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish, darslarni zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etish va ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangi binoning ochilish marosimida tuman hokimi O. Yoqubov, ta’lim sohasi mutasaddilari, nuroniylar, maktab jamoasi, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi maktab infratuzilmasini mustahkamlash bilan birga, hududdagi bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradigan amaliy qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ҲАМДАРДЛИК БИЛДИРАМИЗ!

«QUANTUM INSURANCE» акциядорлик жамияти (аввалги номи «ИНГО-УЗБЕКИСТАН») жамоаси, суғурта...

VATANPARVARLIK — EZGU MAQSAD, AMALIY FAOLIYAT

Vatan himoyasi, yurt tinçligi va yoş avlodning harbiy-vatanparvarlik ruhida...

Huquq va mas’uliyat muvozanati

Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosini belgilab, davlat...

TARAQQIYOTNING YANGI MEZONI

Bugungi kunda iqtisodiy ösişni tabiiy resurslarni asraş va atrof-muhitga...
KunTun
KunTun