Ochiqlik va oshkoralik ta’minlashsa…

Date:

Har sohada ochiqlik, oshkoralik muhiti hukmron. Bosh maqsad esa xalq manfaati yo‘lida xizmat qilish va muammolarini hal etishdir. Qachonlardir davlat organlarining eshigi oldida soatlab sarg‘ayib, dardini aytish uchun kutadigan zamonlar o‘tib ketgan. Birgina prokuratura organlarini oladigan bo‘lsak, ular faoliyatiga oshkoralik berilganini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Soha bilan jamoatchilik aloqalarining o‘rnatilgani esa prokuratura organlariga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi. Bu borada esa qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati prokuraturasida jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2022-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari viloyat prokuraturasida jismoniy va yuridik shaxslar qabulini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, tezkor xodimlarning saf tayyorgarligi amaliyot maydonchasida bo‘linib, xizmat kiyimlari turlari haqida ma’lumot berish bilan birga xodimlarning qasamyodi tinglandi.
Press-tur doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida esa viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy, korrupsiyaga qarshi kurashish, sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ijobiy ishlar haqida axborot berildi. Viloyat prokuraturasi tashkil etilishi tarixiga oid hujjatli videorolik namoyishi esa barchada katta qiziqish uyg‘otdi. OAV vakillari va blogerlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdilar.
Tadbir so‘nggida viloyat prokuraturasi bilan doimiy tarzda hamkorlikda ishlagan jurnalist hamda blogerlar munosib taqdirlandi.

S.Normurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tizimda yangi choralar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz...

Mahalla muammolardan holi hududga aylanadimi?

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlaridagi mahallalari...

MAROSIMLAR MAROMIGA YETDI

Soya-salqinda, yam-yashil maysazor ustida sochlarini qirq kokil qilib, do‘ppi...

SHIRIN TASHVISHLARGA BOSHLAYDI, LAPAR

Navro‘z milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz tarannum etiladigan ayyomdir. Onamizning shirali...
KunTun
KunTun