Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik tizimini takomillashtirish va yashil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat dasturida belgilangan vazifalarning hududdagi ijrosi muhokama qilindi.

Eshituv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmonida belgilangan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hamda ko‘p kvartirali uylarning issiqlik tizimini takomillashtirish vazifalari doirasida o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi Dilbar Nabiyeva, “Yuksalish” harakatining viloyat hududiy bo‘linmasi vakillari, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda “Issiqlik ta’minoti” MChJ mas’ullari, jamoatchilik guruhi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Boshqarma o‘rinbosari Asliddin Xurramov va “Issiqlik ta’minoti” MChJ bosh muhandisi Qudrat Nabiyev kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot berdi.

Muhokamalarda issiqlik ta’minoti samaradorligini oshirish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va turar joylarda muqobil energiya manbalarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar davlat dasturidagi vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan savollar berib, taklif hamda tavsiyalarini bildirdi.

Jamoatchilik eshituvining asosiy maqsadi — belgilangan vazifalar ijrosini kuzatish bilangina cheklanmay, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va muammolar yechimiga ko‘maklashishdan iborat. Zero, yashil energiyaga o‘tish va issiqlik tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tashabbuslarning samarasi, avvalo, aholining kundalik hayotida sezilishi kerak.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun