Surxon suv ombori yangi sayyohlik manziliga aylanadi

Date:

Surxon suv ombori nafaqat suv resurslari, balki betakror tabiati va dam olish uchun qulay imkoniyatlari bilan ham katta salohiyatga ega. Qumqo‘rg‘on tumanida ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, hududni sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirish va zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish yo‘lidagi ishlar boshlab yuborilgan.

Ayni paytda loyiha hududida yer maydonlarini ko‘tarish va tekislash, shuningdek, to‘g‘on (damba) qurish ishlari olib borilmoqda. Qurilish jarayonlari tasdiqlangan loyiha hujjatlari va belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar kelgusida hududda ekoturizmni rivojlantirish, dam olish maskanlarini barpo etish va tashrif buyuruvchilar uchun zarur infratuzilmani bosqichma-bosqich shakllantirishga zamin yaratadi. Tabiiy landshaft va suv ombori imkoniyatlaridan oqilona foydalanish orqali hududning sayyohlik jozibasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha amalga oshirilishi Qumqo‘rg‘on tumanining turizm salohiyatini kengaytirish bilan birga, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun